Steganografiya usullarining tahlili
Основное содержимое статьи
Аннотация
Steganografiya usullari bevosita axborotlarni yshirishga yoki raqamli obyektlarga qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritishga qaratilgan. Ushbu jarayonda obyektda qisman o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu erda obyekt yoki konteyner sifatida audio, video, tarmoq paketlari kabi raqamli formatlar qo‘llaniladi. Oxirgi yillarda matnli konteynerlarda axborotlarni yashirishga bag‘ishlangan maqolalar ko‘p uchramoqda. Steganografiya usullari bevosita konteynerda mavjud xossalarni o‘zgartirish orqali maxfiy ma’lumotlarni yashirishga harakat qiladi va sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni inson kuzata olmaydi. Tashkilotlarda matnli hujjatlarning keng qo‘llanilishi bevosita ularni konteyner sifatida qabul qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi, ammo ularda katta hajmdagi ma’lumotlarni joylashtirish qiyin. Shu bois, matnli hujjatlarda ma’lumotlarni yashirish algoritmlarini ishlab chiqish murakkab masala. Ushbu maqolada matnli steganografiya usullarining tahliliy natijalari keltirilgan. Mualliflarning yondashuvini tushuntirish maqsadida ba’zi-bir usullarning mazmuni izohlab berilgan. Olingan natijalar mavjud usullarning 3 ta sinfga ajratilgan tasnifi sifatida keltirilgan. Shu bilan birga usullarning qabul qilingan nomlanishi saqlab qolingan. Shunday qilib, taklif etilgan xabarlarni yshirish usullarining tasniflash sxemasi amaliy jihatdan sodda va tushunish uchun samarali hisoblanadi.